O‘zbekiston Qirg‘izistondagi yerlarda agrokomplekslar tashkil qiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha hujjat imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat keng tarmoqli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘l xaritasi bo‘lib, bunda, asosan, hamkorlikda qiladigan chorvachilik, meva-sabzavotchilik va boshqa shu kabi yo‘nalishlardagi loyihalar kiritildi.
"Jumladan, chorvachilik yo‘nalishida biz Qirg‘izistondagi yerlardan unumli foydalangan holda, qirg‘iz do‘stlarimiz bilan hamkorlikda chorvachilik komplekslari, mayda shoxli, yirik shoxli qoramollarni boqish, yetishtirish hamda qayta ishlash bo‘yicha agrokomplekslar tashkil qilishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz", deydi vazir.
Aziz Voitovga ko‘ra, O‘zbekistonda meva-sabzavot sohasi ancha rivojlangan.
"Endi biz qo‘shnilarimizga bu tajribani ulashib, bu yerda boshlanishiga 100 gektar intensiv bog‘, issiqxonalar tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirdik. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ham birgalikda uchinchi davlatlarga eksport qilish bo‘yicha ham kelishuvlarni amalga oshirdik", dedi u.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi yo‘l xaritasi xususiy tadbirkorlarning taxminan 500 mln dollarlik loyihalarini o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlardir.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi

16:41 / 15.05.2025