Eldor Shomurodov Italiyaning boshqa klubiga o‘tdi
«Roma»ning asosiy tarkibiga kira olmagan Shomurodov «Spetsiya»ga yarim mavsum uchun ijaraga berilgan. U yangi klubida ham 14-raqamda to‘p suradi.

Foto: Getty Images
Italiyaning «Spetsiya» klubi «Roma»dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni transfer qilgani haqida rasman e’lon qildi va uni A Seriyadan rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, «Spetsiya» futbolchini mavsum oxirida sotib olish huquqisiz 1,5 million yevro evaziga ijaraga olgan.
O‘zbekistonlik futbolchi yangi klubida ham 14-raqam ostidagi futbolkada to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, «Spetsiya» A Seriyada 18 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda va ligada eng kam gol urgan jamoalardan biridir. Shomurodov bu mavsum A Seriyada rimliklar safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.
Avvalroq, Joze Mourino Shomurodov mavsum yakunida Rim klubiga qaytishi mumkinligi istisno etmagandi.
«Spetsiya» ayni vaqtda Italiya chempionatida 17-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 5 fevral, yakshanba kuni turnir peshqadami bo‘lib turgan «Napoli»ga qarshi kechadi.
Mavzuga oid

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:27 / 14.04.2025
Mbappe qizil oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

17:11 / 24.03.2025