Demokratik islohotlar natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi – Mirziyoyev
Prezident Mir Arab madrasasi talabalari bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Mir Arab oliy madrasasini borib ko‘rdi va talabalar bilan suhbatlashdi.
Qayd etilishicha, Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Qur’oni karim, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. Bugungi kunda jami 107 nafar talaba ta’lim olmoqda. O‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi va xizmat uyi, sportzal va basseynda barcha qulayliklar yaratilgan.
Davlat rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlashdi.
- Bunday uzoq tarixga ega ta’lim dargohlari juda kam, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish bo‘ldi, deb o‘ylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq. Internetda ilmiy asosi bo‘lmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoshlar qayerdan biladi? Buni sizga o‘xshagan ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, to‘g‘ri tushuntirib berishi kerak.
Uchrashuvda diniy ta’lim soatlari va sifatini isloh qilish, uni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025