Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda «yashil» vodorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurmoqchi
Toshkent shahrida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Saudiya Arabistoni ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Suhbatda kompaniyaning mamlakatdagi loyihalar portfelini amalga oshirishning dolzarb masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 2,6 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Loyihalarni rejadan oldin ishga tushirish maqsadida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksini ko‘rishga kelishildi.
Birgalikda hayotga joriy etilishi rejalashtirilgan bir qator yangi loyihalar ko‘rib chiqildi. Alohida tartibda O‘zbekistonda “yashil” vodorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish rejalari muhokama qilindi.
Tomonlar kimyo sanoati, bank, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi investitsiyaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida manzilli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldi.
Mavzuga oid

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025