Kuvaytda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangiliklar boshlovchisi paydo bo‘ldi
Virtual boshlovchi yangiliklarni sof arab tilida o‘qib beradi.

Foto: Reuters
Kuwait News axborot agentligi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, onlayn xabarlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan virtual boshlovchini taqdim etdi.
Virtual taqdimotchi Fiddoh deb nomlangan, u foydalanuvchilarga yangiliklarni tinglashni taklif qiladi.
«Men Fiddohman, Kuvaytdagi birinchi boshlovchi, Kuwait News uchun ishlayman. Qaysi yangiliklarni afzal ko‘rasiz? Fikringizni eshitaylik», deydi u sof arab tilida.
أول مذيعة في #الكويت تعمل بالذكاء الاصطناعي
— كويت نيوز (@KuwaitNews) April 8, 2023
• #فضة.. مذيعة #كويت_نيوز الافتراضية
• ما هي نوعية الأخبار التي تفضلونها بتقديم #فضة زميلتنا الجديدة؟ .. شاركونا آراءكم pic.twitter.com/VlVjasSdpb
Fiddoh oq tanli, sariq sochli ayol bo‘lib, ko‘p sonli chet elliklar yashaydigan mamlakatning ko‘p millatli aholisini, uning ismi esa kumush metall ma’nosini anglatadi. Uni haqiqiy insondan ajratish juda qiyin.
Nashr va veb-sayt bosh muharriri o‘rinbosari Abdulla Bofteynning aytishicha, bu amaliyot sun’iy intellektning «yangi va innovatsion kontent»ni taqdim etish salohiyatini sinab ko‘rishdir.
Kuwait Times 1961 yilda Fors ko‘rfazi mintaqasida ingliz tilidagi birinchi kundalik nashr sifatida tashkil etilgan. 2022 yilda nashr Kuwait News bilan birlashdi.
Mavzuga oid

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

11:00 / 12.05.2025
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

21:41 / 08.05.2025
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi

18:00 / 08.05.2025