Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruz Abilov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. Uning o‘rnini Shunqor Xudoyberdiyev egalladi.
Feruz Ne’matullayevich Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Feruz Abilov 1978 yilda Narpay tumanida tug‘ilgan.
Muqaddam viloyatning Oqdaryo tumaniga hokimlik qilgan. 2020 yil aprelida Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Uning o‘rniga Shunqor Xudoyberdiyev Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Shunqor Xudoyberdiyev 1971 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan. 1988-1993 yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan.
U mehnat faoliyatini 1993 yilda «O‘zdehqonsanoatbank» viloyat boshqarmasi Past Darg‘om tumani filiali iqtisodchisi sifatida boshlab, shundan so‘ng «Paxtabank»da turli lavozimlarda ishlagan. 2006-2015 yillarda esa «Milliy bank»ning viloyat bo‘limi boshqaruvchisi, 2015-2016 yillarda Markaziy bankning Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
2016-2019 yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yilda Past Darg‘om tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

00:58
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025