Uchta viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi
Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlarida yangi prokurorlar ish boshladi. Andijon viloyati prokurori avvalroq Toshkent viloyatiga prokuror bo‘lib kelgandi, Samarqand viloyati prokurori bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘iga asosan uchta viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi.
Adliya katta maslahatchisi Umirbek Muhammadovich Madrahimov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U.Madrahimovtayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
- Namangan viloyatiga 2022 yil fevralidan buyon Bektosh Soyipov prokuror qilgandi. U mart oyida Qashqadaryo viloyatiga prokuror bo‘lib o‘tgandi.
Adliya katta maslahatchisi Marufxon Maqsudovich Xo‘jayev Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

M.Xo‘jayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
- 2022 yil yanvaridan Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Eshquvvatov avgust oyi boshida Toshkent viloyati prokurori lavozimiga o‘tkazilgandi.
Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Murodqosim Hamzayevich Eshnazarov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

M.Eshnazarov tayinlovga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
- Samarqand viloyatiga 2022 yil fevralidan buyon Jahongir Hotamov prokurorlik qilayotgandi. U bosh prokurorga o‘rinbosarlikka o‘tmoqda.
Mavzuga oid

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025