Kseniya Sobchak general Surovikinning suratini e’lon qildi
Rossiyalik bloger Kseniya Sobchakning iyun oyidagi Prigojin isyonidan keyingi ilk suratini e’lon qildi.

Foto: Kseniya Sobchak
«General Sergey Surovikin chiqdi. Sog‘-omon, uyida oilasi bilan. Moskvada. Bugungi surat», deb yozilgan Sobchak yuritadigan «Krovavaya barynya» Telegram-kanalida.
Sobchakning iddaosiga ko‘ra Surovikin ekani aytilayotgan suratdagi odam ayol kishi bilan ketayotgani tasvirlangan. Surovikin ikki oydan buyon ko‘rinish bermayotgan, oxirgi marta 23 iyundagi Prigojin isyonida omma oldida ko‘ringandi. O‘shanda general Surovikin vagnerchilarni isyonni to‘xtatishga chaqirib videomurojaat yo‘llagandi. Isyon vaqtida Rossiya harbiy rahbariyati vakillaridan faqat Surovikin uni to‘xtatishni so‘rab chiqish qilgandi.
Avgust oyi oxirida jurnalist Aleksey Venediktovning kanalida Surovikin Havo kosmik kuchlari qo‘mondonligidan bo‘shatilgani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

08:37