Isroil kontrrazvedkasi rahbari HAMAS hujumlarining oldini olmagani uchun shaxsan javobgar ekanini aytdi
Ronen Bar qachonlardir bu bo‘yicha tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
Isroil umumiy xavfsizlik xizmati (ShABAK) direktori Ronen Bar 7 oktyabr kuni HAMAS hujumining oldini olmagani uchun shaxsan javobgar ekanini ma’lum qildi.
U Isroil-Falastin ziddiyati avj olganidan 8 kun o‘tib, ShABAK xodimlariga maktub yo‘lladi.
«Bir qator say’-harakatlarimizga qaramay, afsuski, shanba kuni biz hujumni oldini olishga yordam beradigan ogohlantirishni ta’minlay olmadik. Tashkilotni boshqarayotgan shaxs sifatida javobgarlik o‘zimda ekanini tan olaman. Tergov uchun vaqt yetib keladi, hozir esa urush holatidamiz», deyiladi maktubda.
Janob Bar maktubida barcha profilaktika choralariga qaramay, xizmat ushbu hujumning oldini olish uchun sharoit yarata olmaganini ta’kidladi.
7 oktyabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 6:30 da HAMAS a’zolari G‘azo sektoridan Isroilga 2,5 mingdan 5 minggacha raketa uchirdi, so‘ngra mamlakatning chegara hududlariga kirib, yuzlab odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil harbiy operatsiyani boshlab yubordi va u hamon davom etmoqda.
Mavzuga oid

16:51
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

10:48
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:15
Isroil harbiylari yevropalik diplomatlar tomonga o‘q uzdi

23:07 / 21.05.2025