O‘zbekiston | 13:32 / 08.11.2023
9962
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Toshkentga keldi

Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari mamlakatda o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, yuqori martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid