«Toshkent» aeroportida unutib qoldirilgan yuklar sotilayotgani haqidagi xabarga izoh berildi
«Uzbekistan Airports» ijtimoiy tarmoqlarda shu mazmunda tarqalgan xabarlarni rad qildi.

«Toshkent» xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilmayapti. Bu haqda «Uzbekistan Airports» xabar berdi.
Avvalroq, shu mazmundagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportidan hech biri, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports Handling shu’ba korxonalari tomonidan yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ta’kidlanishicha, unutib qoldirilgan barcha yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi.
Mavzuga oid

21:35 / 09.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi

17:26 / 05.06.2025
O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilishi aytilgan xabarlar rad etildi

17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

10:31 / 30.04.2025