Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etgan korxona aniqlandi
Uning xodimlari ijtimoiy tarmoqda oldindan 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar bergan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida moliyaviy piramida tashkil etgan korxona aniqlangan.
Qayd qilinishicha, bir qancha fuqarolar «Samarqand credit» nomli korxona tashkil etib, fuqarolarning mablag‘larini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirgan. Ular ijtimoiy tarmoqda oldindan 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar bergan. 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki to‘lov sifatida jami 479 mln so‘m naqd pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025