O‘zbekiston va Xitoy gid-tarjimonlarni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Foto: Turizm qo‘mitasi
O‘zbekiston turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Xitoyga tashrifi davomida Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti Ji Jimbao bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, unda O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash loyihalari hamda qo‘shma ilmiy-izlanishlar amalga oshirish muhokama qilindi.
Tomonlar talaba va o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlari sonini oshirish, shuningdek, «yashil» va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy izlanishlar, Xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlash to‘g‘risida kelishib oldi.
Muloqot yakunida barcha belgilangan yo‘nalishlarni qamrab oluvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Pekin Xalqaro tadqiqotlar universiteti 1964 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyda turizm sohasida ilmiy va amaliy izlanishlar bo‘yicha top-3 muassasadan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

21:25 / 03.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025