Mast holda mashina boshqarganlarning transporti musodara etilishi to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi - YHXX
Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan. YHXXga ko‘ra, loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etilishi to‘g‘risida turli xabarlar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu borada rasmiy ma’lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etilishi to‘g‘risida turli xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan.
Mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmagan.
“Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning ma’murlaridan asossiz ma’lumot tarqatib, jamoatchilikni chalg‘itmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi YHXX xabarida.
Mavzuga oid

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

11:43 / 10.04.2025
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

22:08 / 26.03.2025
Prezidentga Toshkentni Samarqand va Andijon bilan bog‘lovchi muqobil yo‘l loyihalari haqida axborot berildi

11:09 / 26.03.2025