Toshkentda «VAZ-2107» yonib ketdi
Yong‘in Shayxontohur tumanidagi O‘qchi mahallasi yonida yuz bergan. U o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Shayxontohur tumanida "VAZ-2107" avtomobili yonib ketdi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Bugun, 2024 yil 10 yanvar kuni soat 09:46 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "O‘qchi" MFY, B.Zokirov ko‘chasi, 2-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli "VAZ-2107" rusumli avtomobilda elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:01
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

15:24 / 27.04.2025
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

12:18 / 27.04.2025
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

11:55 / 26.04.2025