Bosh konsulxona: Turkiya chegarasida mamlakatga kelayotganlarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar boshlandi
Istanbul xalqaro aeroportida 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirildi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, migratsiya xizmati xodimlari xatti-harakatlari shubha uyg‘otgan shaxslar bilan suhbat o‘tkazib, uyali telefonlarini tekshirish holatlari kuzatilmoqda.
Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar "Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi" sifatida baholanadi.
Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etgani aniqlangan.
Fuqarolarga mahalliy qonunlarga to‘liq rioya qilish, deportatsiya qilinganlarga esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelish tavsiya qilinadi, deya qayd etadi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi.
Mavzuga oid

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

12:15 / 25.04.2025
Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi

20:45 / 24.04.2025