Andijon viloyatidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi
Cobalt haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Damas’ga urilgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida uchta mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
2024 yil 4 aprel kuni soat 15:30 larda A 373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tgan qismida 22 yoshli haydovchi Cobalt bilan quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan.
Natijada Cobalt o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 33 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan, «Moskvich-412»ga borib urilgan.
Cobalt va Damas haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ularning ikkisi ham vafot etgan.
Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

15:14 / 16.03.2025
Andijonda 5,3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

11:47 / 23.02.2025