Toshkentda piyodaga yo‘l bermay, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqda mashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida piyodani o‘tkazib yubormasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
Qayd etilishicha, video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
Ushbu avtomashina haydovchisi 2003 yilda tug‘ilgan M.T.ga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan MJtKning 128-4-moddasiga (transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.
Mavzuga oid

09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

23:35 / 23.03.2025
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

19:10 / 12.02.2025