Viktor Mahmudov: Markaziy Osiyo davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim davom etmoqda
Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudovning ta’kidlashicha, tashqi kuchlar «Markaziy Osiyo davlatlarini milliy manfaatlarini hisobga olmagan holda tanlov oldiga qo‘yishga» harakat qilmoqda.

Foto: AP
Markaziy Osiyo davlatlari tashqi kuchlar tomonidan bosimga uchrashda davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
«O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasiga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraydi hamda bu mintaqada tinchlik, xavfsizlik va ishonchni o‘rnatish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, - dedi u. - Afsuski, bugungi kunda mintaqa davlatlariga tashqi kuchlar tomonidan bosim davom etmoqda. Ular Markaziy Osiyo davlatlarini milliy manfaatlarini inobatga olmagan holda tanlov oldiga qo‘yishga harakat qilmoqda».
Sankt-Peterburgdagi «Ekspoforume»da xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid

21:41
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi

23:20 / 23.04.2025