Maldiv orollari isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqlayapti
Maldiv orollari hukumati tavsiyasiga ko‘ra, bu mamlakat prezidenti isroilliklarning o‘z hududiga kirishini taqiqlashga qaror qildi. Qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak.

Foto: presidency.gov.mv
Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakat prezidenti Muhammad Muizzuning vazirlar mahkamasi tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan bu qarori haqida 2 iyun, yakshanba kuni milliy xavfsizlik va texnologiyalar vaziri Ali Ehson matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ushbu qaror kuchga kirishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi, deyiladi prezident ma’muriyati bayonotida.
Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirmayotgan Hind okeanidagi orol davlati G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida shunday qadam tashladi.
Maldiv orollari prezidenti idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligi orqali falastinliklarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlashni buyurgan. Davlat muhtoj falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlaydi.
Mavzuga oid

09:40 / 05.07.2025
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi

09:00 / 05.07.2025
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi

08:44 / 05.07.2025
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi

18:56 / 04.07.2025