Medvedev Ukraina bilan sulh tuzilgach, Ukrainani to‘liq egallab olishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Moskva va Kiyev sulh shartnomasi imzolab, urushni yakunlaganidan so‘ng Rossiya Ukrainaning butun hududini egallashga tayyorgarlik ko‘rishi kerak, degan RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev.

Dmitriy Medvedev. Foto: TASS
«Hattoki qog‘ozlarga imzo qo‘yib, mag‘lubiyatini tan olganidan so‘ng ham Ukrainadagi radikallarning qolgan qismi ertami-kechmi qayta guruhlanib, Rossiyaning g‘arbdagi dushmalaridan ilhomlanib hokimiyat tepasiga keladi. Ana o‘shanda bu yaramaslarni uzil-kesil yanchib tashlash fursati keladi», — deb yozgan Medvedev o‘z telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ana shu paytda Rossiya “banderachilar kvazidavlatining tobutiga uzun po‘lat mix qoqishi”, shuningdek, “uning qonli murosi qoldiqlarini yo‘q qilib, qolgan yerlarni rus yeri quchog‘iga qaytarishi” kerak bo‘ladi.
«Hattoki shundan keyin ham Rossiya dushmanlari hech qayerga yo‘q bo‘lishmaydi. Ular kuch to‘plab, mamlakatimizni yo‘q qilish uchun yangi fursat poylay boshlashadi. Biz vatanni himoya qilish uchun kelajakdagi urushlarga tayyor turishimiz kerak», — deb yozgan Medvedev.
Mavzuga oid

19:01 / 09.06.2025
Rossiyada ukrainlar hujumi oqibatlari aks etgan kadrlarni e’lon qilganlik uchun jarima yozilmoqda

13:06 / 09.06.2025
Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

09:23 / 09.06.2025
Rossiya harbiy bazalarda samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurmoqda

21:39 / 08.06.2025