Shomurodov MLS klubiga o‘tishi mumkin. Muzokaralar boshlandi - Romano
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, Eldor Shomurodov faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Foto: O‘FA
AQShning “Atlanta Yunayted» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transferi borasida “Roma” bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda xabar bergan italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, muzokaralar “yaxshi davom etmoqda”.
Avvalroq, Rim klubi yangi mavsumda ham Shomurodovni ijaraga bermoqchi ekani haqida xabar qilingandi.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni “Kalyari”da ijarada o‘tkazib, A Seriyada 22 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, “Atlanta Yunayted” MLS Sharqiy konferensiyasida 25 o‘yinda 28 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa avvalroq “Atalanta”dan yarimhimoyachi Aleksey Miranchukni sotib olgandi.
Mavzuga oid

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

12:26 / 05.06.2025