Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
Stansiya yiliga 13 mln kVt soat elektr ishlab chiqaradi va 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.
30 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Zarchob-1A» kichik GESi foydalanishga topshirildi.
«O‘zbekgidroenergo» xabariga ko‘ra, To‘palang daryosi bo‘yida joylashgan «Zarchob-1A»ning quvvati 3 MVt ga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Ushbu kichik GES ishga tushirilishi natijasida to‘rtinchi marta daryo suvi gidroagregatlar orqali o‘tkazilib, elektr energiya ishlab chiqarilmoqda.
GESni qurish loyihasi qiymati — 3,33 million dollar. Uni ishga tushirish orqali yangi 5 ta ishchi o‘rni yaratildi.
GESni qurish ishlari Gidro Texnik MChJ tomonidan bajarildi. Unga frensis turidagi 1 ta vertikal gidroagregat o‘rnatildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Zarchob-1A» ishlab chiqaradigan elektr energiyasi 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.
Mavzuga oid

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025