Toshkentda yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan Cobalt aylanib ketdi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida haydovchi Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan.

Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16 sentabr kuni soat 08:00 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.A. oq rangli Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan.
Natijada u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt’ga urilgan.
Hodisa oqibatida oq rangli Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025