Buxoroda cho‘ldan saksovul sindirib olib ketayotganlarga 40 mln so‘m jarima qo‘llandi
Buxoroda saksovul kushandalariga qariyb 40 million so‘m jarima belgilandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho‘l hududlaridan saksovul o‘simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 2 kishiga 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi hamda tabiatga 6 mln 195 ming so‘m zarar yetkazilgan (jami 24 million 945 ming so‘m).
Olot tumanida esa fuqaro M.A.ga 9 mln 375 ming so‘m jarima qo‘llandi hamda tabiatga 5 mln 250 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming so‘m).
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025