Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
“HALILA” bilogik faol qo‘shimchasi reklamasida onkologik kasalliklarni davolashi haqida aytilgan. Mahsulot yo‘riqnomasida bunday ma’lumot yo‘q. BFQni reklama qilgan “Marva Hayat” MChJ 26 million so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
“Marva Hayat” MChJ “HALILA” biologik faol qo‘shimchasi reklamasida xato ma’lumot tarqatgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi. Qo‘mitaga ko‘ra, “Marva Hayat” MChJ joylashtirgan reklamada “HALILA” BFQ onkologik kasalliklarni davolashi, odamlar mahsulotni 15 yildan beri iste’mol qilayotgani va undan 5 mingdan ortiq kishi davo topgani ko‘rsatilgan.
Qo‘mita so‘roviga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan xulosaga ko‘ra, “HALILA” BFQning qo‘llash yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar reklamalarda qayd etilgan xususiyatlari bilan mos emas.
Qo‘mita “Marva Hayat” MChJga nisbatan qonun talablari buzilishi yuzasidan BHMning 70 barobari (26 million 250 ming so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llagan. MChJga yetkazilgan zarar — 52 mln 500 ming so‘mni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilishi yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

17:34 / 17.07.2025
Piskentda bank kassiri haydovchilar to‘lagan jarimani o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

14:34 / 09.07.2025
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?

16:07 / 03.07.2025