Xitoy banklari xodim tanlashda sun’iy intellektdan tobora ko‘proq foydalanmoqda
Bunday “eychar-mutaxassis” bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan intervyu o‘tkaza oladi.

Foto: Shutterstock
Xitoy banklari xodim tanlash xarajatlarini kamaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida intervyularda sun’iy intellektga tobora ko‘proq tayanmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Tashabbusni mamlakatning eng yirik moliya muassasalari, jumladan, Xitoy banki va XXR sanoat-tijorat banki qo‘llab-quvvatladi.
Banklar xodimlarni tanlashda qo‘llaydigan vositalar orasida sun’iy intellekt suhbatchisi ham bor. Bunday “eychar mutaxassis” bir kunda 2 mingdan ortiq nomzod bilan suhbat o‘tkaza oladi. Ammo, bot bilan suhbat ishga qabul qilish jarayonining bir bosqichi, xolos. Odatda nomzodlar sinov topshirig‘ini bajarib bo‘lgandan keyin bot bilan gaplashadi, undan so‘ng kompaniya vakili bilan yuzma-yuz uchrashadi.
Noodatiy intervyudan o‘tish uchun nomzodlar maxsus ilovani yuklab olishi va belgilangan vaqtda bog‘lanishi lozim. Xitoyning ayrim fuqarolari allaqachon sun’iy intellektga asoslangan kadrlar bo‘limi xodimi bilan muloqot qilishga ulgurgan. Ularning ba’zilari bunday suhbatda o‘zlarini ancha qulay his qilishini ta’kidlamoqda: bot bir savolga bir necha bor javob berish imkonini yaratadi va psixologik bosim o‘tkazmaydi.
Boshqa nomzodlar esa, aksincha, noqulay ahvolga tushib qolgan. Masalan, ba’zida SI-botlar nomzodlarni tuzoqqa ilintirishga harakat qilayotgandek, noo‘rin savollar bergan. Ayrimlar suhbat davomida texnik nosozliklardan ham shikoyat qildi.
Mavzuga oid

21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

09:32 / 21.04.2025