O‘zbekistonda yetishtirilgan za’faron Germaniyaga eksport qilinishi mumkin
O‘zbekistonning BMB Holding va Germaniyaning Breitzmann Edelmetalle & Diamanten kompaniyalari vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan uchrashuv O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida BMB Holding bosh ofisida uyushtirildi. Unda Breitzmann Edelmetalle & Diamanten kompaniyasi asoschisi va Bavariya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Karl-Xayns Braytsman boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.
Muloqot davomida Germaniya bozoriga BMB Za’faron yorlig‘i ostida yetishtirilayotgan mahsulotlarni eksport qilish istiqbollari, mamlakatimizda zamonaviy nemis texnologiyalarini joriy etish va BMB agro plus korxonasida qayta ishlangan meva-sabzavotlarni Germaniya savdo tarmoqlariga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida, Germaniya bozoriga O‘zbekistonda yetishtirilgan za’faron mahsuloti eksportini yo‘lga qo‘yish, BMB Holding rahbariyatining ushbu mamlakatga safarini tashkil qilish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada jadallashtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

13:43 / 15.04.2025