Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Saudiya elchisini Eron fuqarolari qatl etilgani munosabati bilan TIVga chaqirtirdi
Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni elchisiga Eronning «qat’iy e’tirozi» bildirilgan norozilik notasi topshirildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Abdulloh bin Saud al-Anaziyga narkotrafikda ayblangan olti nafar eronlikning qatl etilishi yuzasidan norozilik bildirdi.
Eronning rasmiy IRNA axborot agentligiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida olti nafar eronlik mahbus qatl etilganidan so‘ng, elchi al-Anaziy Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Eronning «qat’iy e’tirozi» bildirilgan norozilik notasi topshirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl etilgan eronliklar avvalroq Saudiya Arabistoni sudlari tomonidan narkotrafikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Eron Tashqi ishlar vazirligi sudlanganlarga konsullik yordami ko‘rsatish va jazo muddatini qisqartirish uchun bir necha yillardan buyon sa’y-harakatlar ko‘rib kelganini bildirdi.
«Shunga qaramay, elchixonani oldindan xabardor qilmasdan o‘lim jazosini ijro etish mutlaqo nomaqbuldir va xalqaro huquqni, shu jumladan Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzadi», — deyiladi TIV bayonotida.
Vazirlikning ta’kidlashicha, elchi bilan uchrashuvda bunday harakatlar ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning umumiy amaliyotiga zid ekani eslatilgan.
Bundan tashqari, Eron TIVning yuridik va konsullik bo‘limi vakillari muammoni hal qilish uchun Ar-Riyodga borishi xabar qilingan.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025