Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi
Joriy yil uchun tasdiqlangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 10 foizdan 12,7 foizgacha oshgan. Xususan, endi Toshkentda 50 kvadrat metrlik kvartirani 1,4 mln so‘mdan kamiga ijaraga berib bo‘lmaydi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 1 yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi belgilandi. Bu 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan.
Jumladan, turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):
- Toshkent shahrida – 28 ming so‘m (+12 foiz);
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 13,5 ming so‘m (+12,5 foiz);
- boshqa aholi punktlarida – 5,5 ming so‘m (+10 foiz).
Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilangan (1 kv.m. uchun oyiga):
- Toshkent shahrida – 45 ming so‘m (+12,5 foiz);
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – 26,5 ming so‘m (+12,7 foiz);
- boshqa aholi punktlarida – 11 ming so‘m (+10 foiz).
Shuningdek, yengil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 858 ming so‘m (+10 foiz), mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 705 ming so‘m (+10 foiz) qilib belgilangan.
Qayd qilinishicha, mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadiga soliq solish maqsadida qo‘llanadi.
Mavzuga oid

12:58 / 26.07.2025
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

12:17 / 17.04.2025