Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta "dacha" e’lonlari orqali fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkentda soxta dacha e’lonlari orqali odamlardan pul undirgan shaxs qo‘lga tushdi.

Joriy yil 22 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga 65 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shikoyatida “dacha” ijaraga olish uchun begona shaxs kartasiga oldindan 1,4 million so‘m o‘tkazib berganini aytgan. Pulni olgan shaxs aloqani uzib, g‘oyib bo‘lganini bildirgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahri hududida qo‘lga olindi. Surishtiruvlar natijasida u shu kabi 15 dan ortiq holatlarni sodir etgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

10:41 / 07.07.2025
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

12:17 / 17.04.2025