Romitan tumani hokimi o‘rinbosari firibgarlikda ayblanmoqda
2024 yil martidan beri Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aziz Boboyev jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. U akasi bilan birga firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid ishda sudlanmoqda. Jinoyat ishi Aziz Boboyev hokim o‘rinbosari hisoblangan Romitan tuman sudida ko‘rib chiqilyapti.

Foto: Romitan tumani hokimligi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudida ushbu tuman hokimi o‘rinbosari Aziz Boboyevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.
Jadvalga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudida 2025 yilning 7 yanvar kuni Boboyev Aziz Xojiqurbonovich hamda Boboyev Laziz Xojiqurbonovichga doir jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi. Sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b, v” bandlari, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 2-qismi “a, b” bandlari hamda 3-qismi bilan ayb e’lon qilingan. 3 nafar fuqaro jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatilgan.
Ishning tafsilotlari hozircha aniq emas.
Boboyev Aziz Xojiqurbonovich 1988 yilda Romitan tumanida tug‘ilgan. 2011-2022 yillarda “Mikrokreditbank”ning Romitan tuman filialida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2024 yilning mart oyida Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha esa Hazortut mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi

09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi

20:43 / 30.04.2025