Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisini qabul qildi
Davlat rahbari «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni «Lukoyl» kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.
«Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

20:45 / 09.06.2025
O‘zbekiston BRICS Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ladi

16:56 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi

15:15 / 09.06.2025