«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
Abduqodir Husanov 11 yoki 12 fevral kuni «Siti» safidagi ilk YeChL o‘yinini o‘tkazishi mumkin.
Bugun, 31 yanvar kuni UYeFAning Nondagi shtab-kvartirasida Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi.
Bu bosqichdan o‘tgan sakkiz jamoa 1/8 finalga guruh bosqichi orqali yo‘l olgan sakkiz jamoa bilan navbatdagi juftliklarni hosil qiladi, buning uchun alohida qur’a o‘tkaziladi (juftlikda ikkinchi ko‘rsatilgan jamoalar saralanganlar bo‘lib, javob o‘yinlarini o‘z uyida o‘tkazadi):
O‘tish o‘yinlari juftliklari:
- «Bryugge» — «Atalanta» (g‘olib «Lill» yoki «Aston Villa» bilan o‘ynaydi);
- «Sporting» — «Borussiya» Dortmund (g‘olib «Lill» yoki «Aston Villa» bilan o‘ynaydi);
- «Manchester Siti» — «Real» (g‘olib «Atletiko» yoki «Bayyer» bilan o‘ynaydi);
- «Seltik» — «Bavariya» (g‘olib «Atletiko» yoki «Bayyer» bilan o‘ynaydi);
- «Yuventus» — PSV (g‘olib «Arsenal» yoki «Inter» bilan o‘ynaydi);
- «Feyyenoord» — «Milan» (g‘olib «Arsenal» yoki «Inter» bilan o‘ynaydi);
- «Brest» — «PSJ» (g‘olib «Liverpul» yoki «Barselona» bilan o‘ynaydi);
- «Monako» — «Benfika» (g‘olib «Liverpul» yoki «Barselona» bilan o‘ynaydi).
Birinchi o‘yinlar 11-12 fevralda, javob o‘yinlari esa 18-19 fevralda o‘tkaziladi.
UYeFA o‘yinlarning aniq kunlari va soatlari ko‘rsatilgan taqvimni yaqin vaqtlar ichida e’lon qiladi.
Yangi formatga ko‘ra, pley-offda jamoalar o‘z birinchiligi vakillari bilan, shuningdek, guruh bosqichida o‘ynagan raqiblari bilan ham duch kelishi mumkin.
Mavzuga oid

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:04 / 21.04.2025
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Liverpul»ga chempionlik uchun bir g‘alaba qoldi. Kun o‘yinlari

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025