Buxoroda 3,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Kogon tumanida joylashgan MChJ ishchisi issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulab olgan va 3,7 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Xususan, Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «K.E.S.S.» MChJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulagani aniqlandi. Oqibatda u 3,7 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda o‘tkazilgan tadbirlar davomida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlangan. Ularda jami 600 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025