Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil etilyapti
Prezident tomonidan «Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
2025 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:
• davlat kafolati ostida jalb etiladigan kreditlar hisobidan 5,26 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirilishi;
• ta’minlanmagan kreditlar hisobiga 2,76 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;
• 6,17 mlrd AQSh dollari miqdoridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish.
Ushbu maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash bo‘yicha Favqulodda shtab hamda hududiy shtablar tashkil etilmoqda.
Hujjat bilan Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, monitoring va postmonitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Mavzuga oid

12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

11:04 / 17.01.2025