Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim tayyorlashga kelishib oldi
O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyaga tashrifi davomida Latviya farovonlik vaziri Uldis Augulis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tomonlar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni jalb etishga e’tibor qaratgan holda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolash masalasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ichki ishlar vazirligi parlament kotibi Igor Rayevs va Davlat chegarasini qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rinald Beliys bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Latviyaning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati yuqori darajada ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tomonlar, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorlik bildirdilar. Latviya tomoni O‘zbekiston fuqarolari o‘z mamlakatida mehnat muhojirlarining salmoqli qismini tashkil etishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyaning bir qator salohiyatli ish beruvchilari va yirik rekruting kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida hamkorlikka oid tegishli kelishuvlar imzolandi. Ular O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va huquqlarini himoya qilishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

22:56 / 23.07.2025
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi

14:37 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi

13:58 / 23.07.2025