Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Bugun, 25 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mehmonga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.
Mavzuga oid

17:51 / 04.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

09:11 / 04.07.2025
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

08:20 / 30.06.2025