Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Polkovnik Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi. U tayinlovga qadar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat boshladi.
Polkovnik Abdumajid Shermuhammedov tayinlovga qadar Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bundan oldin polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgandi.
U joriy yilning mart oyi boshida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:35 / 25.03.2025