Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi
Tungi klubda ijtimoiy xavfli ahvolda qarovsiz va nazoratsiz qolgan 14 yoshli qiz voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. Klub egasiga nisbatan esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Videodan kadr
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik oyligi doirasida Xorazm viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Urganch shahridagi tungi klublarda reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Reyd tadbiri davomida shahardagi tungi klublardan birida 7-sinf o‘quvchisi raqqosalik qilayotgani aniqlangan. Uning voyaga yetmaganini bilgan holda raqqosalik qilishiga yo‘l qo‘yib bergan klub rahbari S.P.ga nisbatan MJtKning 188-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, tungi klubda ijtimoiy xavfli ahvolda qarovsiz va nazoratsiz qolgan 14 yoshli qiz Xorazm viloyati IIBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Reyd davomida tungi klublar rahbarlari va ishchilariga nisbatan 24 ta holatda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, tungi klublarda bo‘lgan 76 nafar shaxsdan OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan mobil laboratoriya orqali qon namunalari olingan.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

07:40 / 16.04.2025