Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Mamlakat parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega Milliy konservativ partiyasi Ukrainaga ko‘p milliardlik yordam ko‘rsatishga qarshi chiqmoqda.

Foto: Swissinfo
Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Shveytsariyada 30 mingdan ortiq ukrainalik qochoq maqomidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning migratsiya bo‘yicha Davlat kotibiyati ma’lum qildi. Oy boshiga nisbatan ularning soni 199 kishiga oshgan.
«Dushanba, 17 mart — joriy raqamlar... 30 918 kishi S-maqomidan bekor qilindi», — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarda. 68 mingdan ortiq ukrainalik mazkur maqomni faol saqlab qolgan. Bu 3 martga nisbatan 133 kishiga ko‘p demak.
Noyabr oxirlarida Shveytsariya parlamentida ko‘pchilik o‘ringa ega Milliy konservativ partiyasi (UDC) Ukrainaga ko‘p milliardlik yordam ko‘rsatishga qarshi chiqqandi. UDC vakillari xuddi shunday fikrni ukrainaliklarga qochoq maqomi berish masalasida ham bildirgan.
«Shveytsariya S-maqomdan foydalanuvchi 65 ming ukrainalikka vaqtinchalik himoya taqdim etdi. Shundan buyon ushbu chora-tadbirlar uchun salkam 3 milliard frank sarflandi… Ushbu hayratlanarli summaga qaramay, Federal kengash qo‘shimcha 185 million frank kredit so‘ramoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabr oyida Norvegiya hukumati barcha ukrainaliklarga avtomatik boshpana berishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Endi Ukrainaning g‘arbiy oblastlari – Lviv, Volin, Ivano-Frankivsk, Ternopil, Rovno va Karpatortidan kelgan qochqinlarning arizalari alohida ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid

17:56
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06 / 26.07.2025