Toshkentda avtomobil yonib ketdi
Holat 21 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Bank-moliya akademiyasi binosi oldida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar FVBga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Foto: Videodan kadr
Holat 21 mart kuni kechki vaqtda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Bank-moliya akademiyasi binosi oldida sodir bo‘lgan. Kun.uzʼga obunachilar tomonidan yuborilgan videoda avtomobil to‘liq yonib ketganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahar FVBga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari chaqiruv asosida, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi manzilga soat 18:49 da yetib borgan hamda yong‘in soat 18:50 da o‘chirildi.
Rasmiylarga ko‘ra, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

18:55 / 24.04.2025
Toshkentda yuk ortgich mashina yonib ketdi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

17:24 / 22.04.2025