Tramp Oq uyda musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi
AQSh prezidenti saylovda qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun yuz minglab amerikalik musulmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika musulmon jamiyati a’zolari va bir qancha musulmon davlatlari diplomatlari uchun iftorlik uyushtirdi.
Davlat rahbari tadbirdagi nutqini «Ramazon oyi muborak» degan tilak bilan boshladi. Amerika yetakchisi 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Qo‘shma Shtatlardagi musulmonlar unga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashdan g‘oyat mamnun ekanini ta’kidladi.
«2024 yilgi prezidentlik saylovida rekord darajada qo‘llab-quvvatlagan yuz minglab musulmon amerikaliklarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu aql bovar qilmas voqea bo‘ldi», dedi u.
Tramp tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Livan, Pokiston va boshqa davlat vakillari ishtirok etayotganini aytdi va Oq uy ma’muriyati musulmon jamiyatiga bergan va’dalarini bajarayotganiga ishontirdi.
«Biz Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uzluksiz diplomatik ish olib bormoqdamiz, bunda tarixiy Ibrohim kelishuviga tayanmoqdamiz», dedi u.
Amerika rahbari yanada yorqin va umidli kelajakka erishish uchun musulmonlar bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi

08:26