Andijonda masjid tahoratxonasida gaz portladi
Jami to‘qqiz kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun, 31 mart kuni Andijon viloyati Izboskan tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududidagi masjidda portlash yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, sodir bo‘lgan havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzasidan Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan viloyat hokimi, FVB mas’ullari hodisa joyiga yetib borgan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Vazirlikning dastlabki ma’lumotida hodisa oqibatida 6 kishi tan jarohati olgani aytilgandi. Keyinroq berilgan qo‘shimcha ma’lumotda jabrlanuvchilar soni 9 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
Ularning barchasi shifoxonada kerakli tibbiy yordam olmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev ham voqea joyiga jo‘nab ketgan.
Viloyat hokimligining ma’lum qilishcha, portlash tufayli masjid tahoratxonasi qulab tushgan.
Mavzuga oid

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

19:26 / 26.05.2025