O‘zbekiston | 14:52 / 11.04.2025
1607
1 daqiqa o‘qiladi

Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin

Ichki ishlar vaziriga rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqlari berildi.

Joriy yilning 10 aprel kuni imzolangan farmon bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vaziriga quyidagi rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqlari berildi:

🔹probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni rag‘batlantirish;
🔹jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik mukofot bilan rag‘batlantirish.

Mavzuga oid