Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kellog: Kiyev Rossiyaga to‘rtta hududini berishga rozi bo‘lmaydi
AQSh prezidentining maxsus vakili Kellog Trampga Kiyev hech qachon Ukrainaning to‘rtta hududini bir tomonlama Rossiyaga to‘liq mulk sifatida berishga rozi bo‘lmasligini aytdi.

Foto: Andrew Harnik/AP/dpa/picture alliance
Ukraina hech qachon bir tomonlama Rossiyaga to‘rtta hudud – Xerson, Zaporijjya, Luhansk va Donetskning to‘liq egalik huquqini berishga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampga uning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qildi, deb yozadi Reuters 11 aprel, juma kuni. Bu bilan, Politico nashriga ko‘ra, tinchlik muzokaralaridan amalda chetlashtirilgan Kellog Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff pozitsiyasiga qarshi chiqdi. 11 aprel kuni u Sankt-Peterburgga keldi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Uitkoffning fikricha, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishning eng tezkor yo‘li Rossiyaga Ukrainaning to‘rtta hududiga egalik qilish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashdir, dedi AQShning ikki rasmiysi va masaladan xabardor yana besh kishi Reuters agentligiga.
Tramp bilan uchrashuvda Kellog Uitkoffga qarshi chiqdi va Ukraina bir qator hududlar bilan bog‘liq ba’zi shartlar bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lsa-da, to‘rtta hudud ustidan nazoratni Moskvaga topshirishga hech qachon rozi bo‘lmasligini aytdi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

10:57 / 02.08.2025