Zelenskiy parlamentga harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana uch oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritdi
Qonun loyihalari bilan harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana kamida 90 kunga - 2025 yil 6 avgustga qadar uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Foto: RBK-Ukraina
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oliy Radaga harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini taqdim etdi, deb yozmoqda «RBK-Ukraina».
Qonun loyihalari bilan harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana kamida 90 kunga — 2025 yil 6 avgustga qadar uzaytirish rejalashtirilgan.
Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik 2022 yil fevralda, Rossiya tomonidan keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin e’lon qilingan edi. Shundan beri uning muddati muntazam ravishda uzaytirib kelinmoqda.
Bundan oldin Oliy Rada yanvar oyida harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini 2025 yil 9 mayga qadar uzaytirishga ozov bergandi.
Ukrainada harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazish mumkin emas. RF hukumati bir necha Ukraina prezidentining legitimligini shubha ostiga olib, Zelenskiyning vakolatlari muddati tugaganini ta’kidlagan.
Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish 2024 yil mart oyiga rejalashtirilgandi. Parlament saylovlari 2023 yil oktyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ukrainada harbiy holat tufayli saylovlar o‘tkazilmagan.
2019 yilgi saylovlar avvalida Zelenskiy faqat bir muddatga prezidentlik lavozimida qolishini va ikkinchi muddatga saylanish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. 2023 yilda u kelgusi yilda, urush vaqtida saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, prezidentlikka yana nomzodini ko‘rsatish rejasini aytgan. Leks Fridmanga bergan intervyusi davomida esa Zelenskiy Ukrainada saylovlar harbiy holat bekor qilinishi bilan o‘tkazilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

15:26 / 24.04.2025
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan

15:09 / 24.04.2025
General Popov 5 yilga qamaldi

13:30 / 24.04.2025