Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Daniya Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya armiyasi bilan janglarda orttirgan tajribasidan foydalanmoqchi. Shu maqsadda o‘zining askarlarini Ukrainaga mashg‘ulotlarga jo‘natadi.

Foto: Bo Amstrup/Ritzau Scanpix/picture alliance
NATO mamlakati Daniya Ukrainaga askarlarini tayyorlash uchun yuborishni rejalashtirmoqda, dedi Daniya armiyasi quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni Peter Boysen 16 aprel, chorshanba kuni TV 2 telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Daniya askarlari ukrainalik harbiylardan, jumladan, dronlardan foydalangan holda urush olib borish tajribasini o‘rganadi.
Ukraina askarlari orttirgan jangovar tajriba muhimligini, shuningdek, Ukrainada Daniya askarlarini tayyorlash istiqbollarini ta’kidlab, Boysen Ukraina «G‘arb yordamini oluvchi rolidan o‘zi NATO davlatlarining jangovar tayyorgarligiga hissa qo‘shadigan davlat roliga o‘tayotganini» ta’kidladi.
Boysenning aytishicha, daniyaliklar front chizig‘idan uzoqda, ehtimol Ukraina g‘arbidagi o‘quv markazlarida joylashtiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar shu yilning yozidayoq boshlanishi mumkin. Daniya mudofaa vaziri Trols Lund Poulsen rejalar haqida izoh berishdan bosh tortdi va bu kabi masalalar harbiylarning vakolatiga kiradi, dedi.
Rossiyaning Kopenhagendagi elchixonasi Daniya harbiylarining rejalaridan noroziligini bildirdi. Rossiyaning Daniyadagi elchisi Vladimir Barbin TV 2 telekanaliga yozma izoh berib, Daniya askarlarini Ukrainada tayyorlash «Daniyani mojaroga yanada chuqurroq tortadi» va «nazoratsiz keskinlashuvni yanada kuchaytiradi», deya ta’kidladi.
Mavzuga oid

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

15:26 / 24.04.2025
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan

15:09 / 24.04.2025
General Popov 5 yilga qamaldi

13:30 / 24.04.2025