Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati
O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo assambleya kengashining majlisida ishtirok etdi.
Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tishdan avval Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi, Rossiya Federal majlisi Federal kengashi raisi V.Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtalib, mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda mas’uliyatini alohida e’tirof etdi.
O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati raisi T. Norboyeva mazkur assambleyada MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol ishtiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qo‘shgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga e’tibor qaratdilar.
Xususan, MDH PA missiyasi koordinatori, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmurodov 2025 yil 2 mart kuni Tojikiston parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovni kuzatish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, kengash majlisida MDH Parlamentlararo assambleyasining 2024 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

21:03 / 14.03.2025
Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz - Vyacheslav Volodin

19:06 / 05.03.2025