Sudlar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida qonun ishlab chiqildi
"O‘zbekiston Respublikasida sudlar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonunning maqsadi sudlar faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekistonning har yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari hamda Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti faoliyati uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar alohida satrda nazarda tutiladi.
Sudlar faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi shart.
Sudlarni moliyalashtirish, ularning binolarini qo‘riqlash va saqlab turish respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning har yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda sudyalarga (ularga tenglashtirilgan shaxslarga) va sud apparati xodimlariga har chorak yakuni bo‘yicha va rasmiy bayram kunlarida pul mukofotlari, shuningdek, mehnat ta’tili davomida bir oylik mehnat haqi fondi miqdorida moddiy yordam uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Sudlarni joriy yilda moliyalashtirish uchun ajratiladigan yoki keyingi moliya yili uchun ajratilishi kerak bo‘lgan budjet mablag‘lari miqdorini 5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kamaytirish faqat Oliy sudning roziligi bilan, 5 foizdan ortiq bo‘lgan miqdorda kamaytirish esa, O‘zbekiston sudyalari qurultoyining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar uchun – departament tomonidan;
Oliy sud uchun – Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning har yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan sudlar faoliyatini ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar tegishli moliyaviy yil uchun qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Mavzuga oid

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

18:15 / 28.03.2025